Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston fuqaroligini olish soddalashtirilmoqda
29.05.2021 14:36,  
428

Ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senatning Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligidagi o‘zgartirishlar uni mukammallashtirish va soddalashtirishga, shuningdek, fuqarolikka doir shaxslarning huquq va erkinliklarini huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Shu bilan bir qatorda, milliy fuqarolik qonunchiligini rivojlanishi va doimiy ravishda takomillashib borishi zarurligi, mamlakatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ro‘y berayotgan islohotlar ekanligini ta’kidlab o‘tish zarur.

Endi mazkur Qonun bilan qiyinchiliklar bartaraf etilmoqda.

Mazkur hujjat 2021 yil Davlat dasturi ijrosiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Qonunning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

Ta’kidlab o‘tish joizki, fuqarolikni tan olish instituti mutloqo yangi institut bo‘lib, MDHga a’zo davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilmagan, bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz hududida o‘n besh yil davomida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishni, qonuniy asoslarga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik olishni huquqiy asoslari yaratiladi va o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmaydi.

Natijada, yuridik faktni sud tartibida tasdiqlash orqali, fuqarolik masalalari bo‘yicha shikoyat qiluvchi shaxslarning e’tirozlari kamayadi;

fuqarosizlikni qisqartirishni aniq amalga oshirish asnosida O‘zbekiston Respublikasining halqaro imidji yanada mustahkamlanadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан