Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada o‘ldirib ketildi
25.02.2021 19:53,  
2131

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazilish oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 23 fevral kuni O‘zbekiston fuqarosi O.B. ga nisbatan qasdan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan.

Natijada, fuqaro olgan tan jaroxatlari tufayli Istanbul shahrining Bashakshexir davlat shifoxonasida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan kat’iy nazoratga olinib, Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan jasadini O‘zbekistonga dafn qilish uchun barcha zarur bo‘lgan xujjatlar rasmiylashtirilib, marhumning oila a’zolariga kerakli xuquqiy yordam ko‘rsatilgan.

«Bosh konsulxona tomonidan jasadni O‘zbekistonda dafn qilish uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib marhumning oila a’zolariga kerakli xuquqiy yordam ko‘rsatildi», – deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан