Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. U boshqalarga ham yuqtirgan
3.12.2021 15:21,  
987

Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi omikron koronavirus shtammining birinchi holatlari haqida xabar berdi, deb yozadi The Korea times mahalliy gazetasi — deya xabar bermoqda ’Aniq.uz’ nashri.

Xabar qilinishicha, er-xotin 24 noyabr kuni Nigeriyadan Janubiy Koreyaga qaytgan va 25 noyabr kuni COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 29 noyabr kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan o‘zbekistonlik tanishi ularni aeroportdan uyiga olib borgan.

Keyinchalik, COVID-19 er-xotinlar va ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan boshqa shaxslarning farzandida topilgan.

Rasmiylarning fikricha, bu vaqt ichida Koreyaning ikki fuqarosi, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi va ularning oila a’zolari aloqada bo‘lganlar soni 270 ga yaqin kishini tashkil etgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 tashxisi qo‘yilganidan bir kun avval u Incheon shahridagi diniy muassasaga tashrif buyurgan, u yerda 400 dan ortiq xorijiy fuqarolar yig‘ilgan. Hozirgi vaqtda bu dindorlar ham test topshirishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан