Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi futbol bo‘yicha musobaqada tojik va qirg‘iz klublari ham ishtirok etadi
11.03.2020 18:16,  
289

O‘tgan yili ilk bor O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonida liga kubogi musobaqasi tashkil etilgan edi.

Liga kubogi musobaqasining 2020-yilgi mavsumida Qirg‘iziston hamda Tojikistondan 4 tadan jamoa qatnashadi.

Qirg‘izistonning yetakchi klublari – “Dordoy” (Bishkek), “Alay” (O‘sh), shuningdek, “Abdish-ata” (Kant) hamda “Kaganat” (O‘sh) klublari yangi mavsumda Liga Kubogi bahslarida qatnashishini tasdiqlab, rasmiy xat yuborishdi. Shuningdek, Tojikistonning “Ho‘jand” (Ho‘jand), “Regar-TadAZ” (Tursunzoda), “Ko‘ktosh” (Rudakiy) hamda “Istaravshan” (Istaravshan) jamoalari ham O‘zbekiston Liga Kubogida ishtirok etish niyatida ekanini tasdiqladi.

Liga kubogining amaldagi sohibi Toshkentning Paxtakor jamoasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан