Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston gaz-zapravkalari sutkasiga yana 24 soatdan ishlay boshladi
19.01.2021 09:28,  
418

O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimini ta’minlash maqsadida mamlakatdagi barcha gaz zapravkalarning ish vaqti tong soat 05:00 dan tush soat 15:00 gacha qilib belgilangan edi. So‘nggi bir hafta davomida havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari asta-sekin cheklovsiz ishlay boshlagan.

Viloyatlardagi ahvol

«Daryo.uz» ning xabar berishicha, Andijon viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalari 24 soat davomida ishlash tartibiga o‘tgan, shu bois navbatlar ham kamaygan. Shoxobchalarda ishlayotgan xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, «gaz bosimi ham avvalgi kunlarga nisbatan yaxshi».

«Hududgaz Andijon»  kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, ob-havoning iliqlashishi munosabati bilan aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga yetarli miqdorda gaz yetkazib berilmoqda, ta’minotda qiyinchiliklar kuzatilmayapti. Shu bois gaz-zapravkalarga ham yetarlicha gaz berish imkoniyati paydo bo‘lgan.

«Biroq 24 soatli ish tartibiga o‘tish bo‘yicha hech qanday gap yo‘q. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Qishning o‘rtasidamiz. Birdan kunlar sovib ketsa, gaz birinchi navbatda aholiga va ijtimoiy soha ob’yektlariga beriladi, undan keyin gaz quyish shoxobchalariga cheklovlar asosida taqsimlanadi», — dedi «Hududgaz Andijon» matbuot xizmati vakili Akmaljon Xoliqov.

Qahraton ayni avjiga chiqib, gaz ta’minotida jiddiy qiyinchliklar yuzaga kelgan vaqtda gaz-zapravkalar bilan bog‘liq aksariyat noxush xabarlar aynan Namangan viloyatidan kelgan edi. Xususan, gaz uchun navbatda turgan keksa haydovchi vafot etgan edi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining «Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali direktori birinchi o‘rinbosari O‘tkirbek Mamadaliyevga asoslanib xabar berishicha, havo haroratining ko‘tarilishi va magistral gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi me’yorga keltirilgani bois viloyat gaz-zapravkalarining ish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilingan.

Qayd etish joiz, Namangan viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari havo haroratining keskin sovishi sababli 2020 yil noyabridan beri vaqtinchalik cheklovlar bilan ishlayotgan edi.

Farg‘ona viloyatidagi gaz-zapravkalarda ham «navbatlar umuman yo‘q», haydovchilar avtomobillariga ortiqcha qiyinchiliksiz, «o‘n daqiqaga qolmay» gaz to‘ldirib chiqmoqda, deya xabar bermoqda «Daryo.uz» 

«Hududgaz Buxoro»  kompaniyasi rahbari O‘ktam Abdiyevning  ma’lum qilishicha, viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalari 14 yanvardan boshlab 24 soat uzluksiz ishlash tartibiga qaytgan.

Qashqadaryodagi «zapravkalarda ham bemalolchilik», cheklovlarsiz ishlamoqda, deya ma’lum qilinmoqda

Energetika vazirligi bayonoti

Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning ma’lum qilishicha, ob-havoning mo‘tadillashgani sababli 18 yanvardan boshlab, hududlardagi gaz-zapravkalarning ishlash muddati mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda bosqichma-bosqich uzaytirila boshlandi.

«Agar kunlar sovib, aholi gaz ta’minotida bosim kamayishi kuzatilsa, yana cheklov joriy qilinishi mumkin. Ya’ni, bu chora to‘liq bekor qilinmagan. Faqat viloyat va tumanlardagi gaz ta’minotiga oid vaziyatga ko‘ra, ayni bir hududga xos tarzda hokimliklar bilan kelishgan holda qaror qabul qilinmoqda. Respublika miqyosida yakuniy qaror hali chiqarilmagan», — dedi u.

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yanvardan O‘zbekistonda havo harorati keskin o‘zgarib, mamlakat hududlariga qor va manfiy qiymatli haroratlar kirib kelishi kutilmoqda. Xususan, 23 yanvarga o‘tar kechasi havo harorati -10 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан