Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston «Gazprom»ga gaz sotuvchidan sotib oluvchiga aylandi
22.06.2021 08:18,  
256

O‘zbekiston «Gazprom»ga gaz sotuvchidan sotib oluvchiga aylandi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2018 yilda «Gazprom»ga 3,8 milliard kubometr gaz yetkazib berdi, 2019 yilda yetkazib berish hajmini 4,9 milliard kubometrgacha oshirdi. 2020 yilda esa butunlay to‘xtatdi. 2021 yilning birinchi choragida ham O‘zbekiston gazi Rossiya konserniga yetkazib berilmagan.

2020 yildan «Gazprom» O‘zbekistonga Turkmaniston gazini yetkazib berishni boshladi. 2020 yilda 0,9 milliard kubometr, 2021 yilning birinchi choragida esa 1,5 milliard kubometr gaz yetkazib bergan.

E’tiborlisi, O‘zbekiston 2021 yilning birinchi choragida «Gazprom» / Turkmanistondan o‘zi Xitoyga eksport qilishi mumkin bo‘lgan gazdan (0,54 milliard kubometr) uch baravar ko‘proq sotib oldi.

«Hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari juda tez rivojlanmoqda. Birinchi navbatda, bu O‘zbekistonga taalluqli. Va biz ushbu mamlakatda iste’molning ortganini kuzatyapmiz. Shuning uchun, albatta, u yoki bu darajada gaz sotib olish kamayadi, chunki davlat gazni o‘z ehtiyojlari uchun yo‘naltiradi, agar O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak», — deya may oyida o‘zbek gazi bilan bog‘liq vaziyatga izoh bergandi «Gazprom» boshqaruv raisi o‘rinbosari, «Gazprom eksport» MChJ bosh direktori Yelena Burmistrova.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан