Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekiston hech qachon ommaviy immunitet hosil qilish orqali koronavirusga qarshi kurashmaydi»
26.08.2020 17:15,  
351

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova quyidagilarni ma’lum qildi:

"Koronavirusga nisbatan ommaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 60%dan 80 %gacha qismi kasallanib, sog‘ayishi kerak.

Ko‘plab odamlarning hayotini, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi: surunkali kasalliklari bor, yoshi kattalar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qo‘yishimiz mumkin.

Ko‘p odamlarning kasallanishi, davolanishi va immunitet hosil qilishi uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Shuningdek, epidemiyaning oldini olmasak, infeksiya tarqalishi rivojlanib ketadi. Oqibatda kasallanish holatlari oshib ketadi, buning natijasida klinikalarda bemor ko‘payib, sohaga bosim ortadi, o‘lim soni ortadi.

Shuning uchun ushbu yo‘lni O‘zbekiston hech qachon tanlamaydi. Aksincha pandemiyani nazoratda ushlab turib, ko‘p vaqt davomida kamroq odamlar kasal bo‘lishiga erishishimiz mumkin.

Shu davr ichida esa vaksina masalasi ham hal bo‘lishi mumkin" - deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан