Tokio-2020: para pauyerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ro‘za Qo‘ziyeva ishtirokidagi final bahslari yakunlandi. Sportchimiz 130 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 7 taga yetdi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza.