Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston hududlarida «Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishi uchun 992 gektar yer maydoni tanlab olindi
10.12.2021 08:22,  
317

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilishi rejalashtirilgan «Yangi O‘zbekiston» massivlari uchun hududlar bo‘ylab yer maydonlari tanlab olindi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Davlat rahbari 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida «Yangi O‘zbekiston» mavzelari qurilishini ma’lum qilgandi. «Aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurishimiz zarur», — degan edi prezident.

30 noyabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishiga oid loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, 2022 yilda 22 ta yangi massiv barpo etiladi, kichik sanoat zonasi, tadbirkorlik ob’yektlari tashkil etish orqali kamida 50 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Qayd etilishicha, hozirda qurilishi rejalashtirilgan massivlar soni 22 tadan 29 taga ko‘paygan. Massivlar Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida qurilgan «Muruvvat» massivi namunasida barcha hududlarda quriladi.

Ma’lum qilinishicha, hokimliklar bilan 30 ta massiv uchun 992 gektar yer maydoni tanlab olingan. Ularda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik ob’yektlarini joylashtirish bo‘yicha bosh reja loyihalari ishlab chiqilgan.

Loyihaga ko‘ra, 2022 yilda 2 ming 191 ta uy, jumladan, 56 ming xonadon, 27 ta maktab, 40 ta bog‘cha, 25 ta oilaviy poliklinika va 120 dan ortiq savdo-maishiy xizmat majmuasi qurish ko‘zda tutilgan. Hozirda yer ajratish, bosh reja va loyihalarni ishlab chiqish, buyurtmachi va pudratchilarni aniqlash, moliyalashtirish, ipoteka kreditlarini ajratish, metall va sement bilan ta’minlash, muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlarini qurish masalalari hal etilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан