Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston hukumatining toliblar bilan muzokaralari qoldirildi
15.10.2021 15:45,  
222

O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari o‘rtasida juma kuni chegaradosh Termiz hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralari qoldirildi.

Ehtimol, muzokaralar shanba kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilgan RIA Novostiga O‘zbekiston tomonidan muzokaralar ishtirokchisi.

"Bugun Termizda uchrashuv bo‘lmaydi. Ehtimol, u shanba kuni ro‘y beradi", — degan agentlik suhbatdoshi.Manba muzokaralar muddati nega o‘zgargani sababini keltirmagan.

O‘tgan haftada O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, yaqin kelajakda Termizda birgalikdagi muzokaralarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.Tomonlar savdo-iqtisodiy xarakterdagi masalalarni muhokama qilishni rejalashtirgandi.

Gap o‘zaro savdo aylanmasi oshishida mavjud to‘siqlarni yo‘qotrish, shuningdek, "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyalari ishga tushirilishi hamda Mozori-Sharif-Qobul-Peshovar marshruti bo‘yicha rejalashtirilgan temir yo‘l qatnovi haqida bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан