Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​O‘zbekiston ichki ishlar organlarida bir yil ichida korrupsiyaviy jinoyatlar qariyb ikki baravar ko‘paygani ma’lum qilindi
8.02.2022 17:08,  
57

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2021 yilda tushgan jami 5 mingga yaqin murojaatning 7 foizi ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik aks etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligida «Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik!» mavzusida tashkil etilgan anjumanda ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tizimida sodir etilgan korrupsiyaviy holatlar tahlil qilinib, ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan ta’sirchan choralar muhokama qilingan.

Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilda ichki ishlar organlarining 46 nafar xodimi korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 2021 yilda esa ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki baravarga ortib, 89 nafar xodim tomonidan 119 korrupsiyaviy jinoyat sodir etilgan.

Shundan 47 tasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 18 tasi 209- va 211-moddalari (mansab soxtakorligi, pora berish), 14 tasi 168-moddasi (firibgarlik), 13 tasi 210-moddasi (pora olish) va qolgan 9 tasi boshqa korrupsiyaviy jinoyatlarni tashkil qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан