Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston ilk bor Afg‘oniston, Moldova va Isroilga bolalar o‘yinchog‘i eksport qildi
6.10.2020 12:00,  
159

 2020 yil boshidan beri O‘zbekiston 5 mln 229 ming AQSh dollari qiymatidagi bolalar o‘yinchog‘i eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘p, deb yozmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Joriy yilda ilk marotaba O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari Afg‘oniston, Moldova va Isroilga eksport qilindi.

Shuningdek, Ozarbayjon ( 9 baravar), Tojikiston (1,8) va Qozog‘istonga (1,7) sotuv hajmi ham oshgan.

O‘zbekistondan bolalar o‘yinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 tani tashkil qilib, ular qatorida AQSh, Fransiya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Qirg‘iziston kabi davlatlar ham bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан