Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston ilm-fanga ajratiladigan mablag‘larni YaIMning 2 foizigacha oshirmoqchi
11.05.2020 09:33,  
126

O‘zbekistonda ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi e’lon qilindi.

Ilm-fan sohasiga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larni bosqichma-bosqich 2030 yilga yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdorigacha, shu jumladan 2022 yilgacha yalpi ichki mahsulotning 0.8 foizi miqdorigacha oshirish mo‘ljallanmoqda.

Bunda ilm-fan sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini 2020-2022 yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga muvofiq amalga oshirish va O‘zbekistonda ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2022-2030 yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirish nazarda tutilgan.

Mas’ul ijrochilar — Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yo‘ldoshev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), vazirlik va idoralar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан