Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston inson kamoloti indeksida top-100 davlat qatoriga kirolmadi
15.12.2020 13:15,  
173

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTD) tomonidan “Keyingi chegara – inson kamoloti va antropotsen 1” deb nomlangan 2020 yilgi Inson kamoloti hisobotining navbatdagi nashri taqdim etildi. Inson kamoloti to‘g‘risidagi ushbu hisobot BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan 1990 yildan boshlab nashr etib kelinayotgan bo‘lib, O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari 1993 yildan buyon qayd etib kelinmoqda.

Hisobotning Inson kamoloti indeksi inson taraqqiyoti yo‘lida 3 ta asosiy omillar – uzoq va sog‘lom hayot kechirish, bilim olish va munosib turmush darajasi bo‘yicha e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlar to‘plami hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi joriy hisobotda dunyoning 189 mamlakati ichida indeks qiymati 0,720 (maksimal indeks qiymati 1,000) bilan 106-o‘rinni egallab, 2019 yildagi hisobot natijalariga nisbatan +2 o‘ringa va +0.01 indeks qiymatlari bilan yaxshilandi. Indeks hisoboti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining natijalari quyidagicha:

  • aholining tug‘ilganda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligini belgilaydigan umr ko‘rish davomiyligi indeksi 71,7 yilni tashkil etadi (+0,1 yil o‘sish);
  • Ta’lim indeksining ta’limning o‘rtacha davomiyligi 11,8 yil (+0,3 yil ijobiy o‘zgarish) va kutilatotgan ta’lim davomiyligi 12,1 yilni (+0,09 yil ijobiy o‘zgarish) tashkil etgan;
  • xarid qobiliyati pariteti 2 bo‘yicha aholi jon boshiga YaMD miqdori 7142 dollarni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 680 dollarga o‘sgan.

Ma’lumot uchun, Inson kamoloti indeksining 2020 yilgi hisobotida 2019 yil yakunlari tahlil qilinadi.

Qayd etish lozimki, COVID-19 inqirozidan so‘ng, Inson kamoloti indeksining keying 2021 yilgi hisobotida aksariyat mamlakatlar natijalari keskin pasayish kuzatilmoqda. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun qabul qilingan cheklovlarga qaramay, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 0,4 foizni tashkil etdi. Bu ko‘ratkich ko‘plab boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ijobiy o‘sish kuzatilayotgan bo‘lib yil yakuniga borib iqtisodiy o‘sish 1,4 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан