“Ookla” kompaniyasining Speedtest.net xizmati 2020 yilning fevral oyi natijalariga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana ikkita o‘ringa ko‘tarildi.
Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 102-pog‘onani egallab turibdi va yanvar holatiga nisbatan 2 o‘ringa ko‘tarildi. Oxirgi yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o‘sdi – 10,89 Mbit/c dan (2019 yil yanvar holatiga) 26,30 Mbit/c gacha (2020 yil fevral holatiga).
Speedtest.net Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.