Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston internet tezligi reytingida yuqoriladi
20.02.2021 08:15,  
159

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2021 yil yanvar oyi natijalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda simli va mobil internet tezligi bo‘yicha o‘sish qayd etildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, simli internet tezligi (Fixed Broadband) bo‘yicha O‘zbekiston umumiy reytingida ikkita pozitsiyaga ko‘tarilib, 94-pog‘onani egallamoqda. Yuklash bo‘yicha tezligi esa 34,62 Mbit/s ni tashkil etdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkich qayd etildi. O‘zbekiston yana ikkita pog‘onaga ko‘tarilib, hozirgi kunda 128-o‘rinni band qilgan. Mobil internet tezligi 12,94 Mbit/s ni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda internet tezligi 3 baravarga – 10,89 Mbit/s dan 34,26 Mbit/s gacha o‘sgan. Bu borada umumjahon reytingida esa 2020 yil boshida 104-o‘rindan 94-o‘ringacha ko‘tarilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан