Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston iqtisodiy yordam ko‘rsatishda boshqa davlatlar uchun namuna — Ashraf G‘ani
16.02.2020 13:00,  
598

2020 yil 10-12 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hayraton, Mozori-Sharif va Kobul shaharlarida Afg‘oniston Transport vaziri Yamo Shams, Balx viloyati va Xayraton shahri, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, shuningdek, Balx viloyati ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi deb xabar beradi O‘zbekiston TIV.

Uchrashuvda ishtirok etgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Transport vaziri Yamo Shams alohida qayd etishicha, Prezident Ashraf G‘ani O‘zbekistonni Afg‘onistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatishda boshqa davlatlar uchun namuna deb biladi.

Afg‘oniston va ushbu mamlakat hududi orqali yuk va tranzit qatnovini sezilarli darajada kengaytirish, mavjud temir yo‘l tariflarini pasaytirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi, bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shu jumladan transport va kommunikatsiya hamda eksport-import operatsiyalari sohalarida aloqalarni chuqurlashtirishga ko‘maklashadi.

Uchrashuvda, shuningdek, Afg‘onistonga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan turli xil mahsulotlar eksportini oshirish, O‘zbekistondan Afg‘onistonga yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан