Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga tez fursatda kirishi kutilmoqda
26.11.2021 19:06,  
210

Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston va ushbu xalqaro tuzilma o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, intellektual tizimlardan foydalangan holda bojxona postlarini modernizatsiya qilish, korrupsiya, kontrabanda va bojxona sohasidagi qoidabuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma tadbir va loyihalarni amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.

O‘zbekistonning tez fursatda Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq masalalarda yaqindan hamkorlik qilish zarur ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha yangi «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан