Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston jahon xurmo eksportyorlari reytingida kuchli uchlikdan tushib ketdi
13.11.2019 09:27,  
186

2018 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston jahon xurmo eksportyorlari kuchli uchligidan pastga tushib ketdi. U o‘z o‘rnini Xitoyga boy berdi.

EastFruit tahlilchilari ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz o‘tgan yili 55 ming tonna xurmo eksport qilgan, bu esa 2017 yildagiga qaraganda 18 ming tonnaga kamroqdir.

Jahon bozoriga yo‘naltirilgan o‘zbek xurmosining katta qismi Rossiya va Qozog‘iston bozorlarida sotildi. Ozroq qismi qo‘shni Turkmaniston va Qirg‘iziston tomonidan sotib olindi. EastFruit manbasiga ko‘ra, o‘zbek xurmosi Qozog‘iston va Qirg‘izistonga olib boriladi va u yerdan Rossiya bozorlariga reeksport qilinadi.

Shu bilan birga O‘zbekistondan Sharqiy Yevropaga – Ukraina va Belorusiyaga xurmo yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshgan. Belorusga ekport 3 barobar (763 t.), Ukrainaga esa 2 barobar (593 t.) ortgan. Shuningdek, eksportyorlarimiz ilk bora BAA bozorlariga chiqishdi.

Xurmo bozorida jahon yetakchilari hali ham Ispaniya va Ozarbayjon bo‘lib turibdi. Ular o‘tgan yili, mos ravishda, 168,3 ming t. va 150,9 ming t. xurmo sotishgan. Bu bozorda kuniga 600 – 700 ming tonna mahsulot sotiladi va kunlik valyuta aylanmasi 500 – 600 mln. $ni tashkil qiladi.

Eng yirik importyorlardan biri bu Rossiya sanaladi. Bu mamlakat kuniga 130 mln. $lik 160 ming tonna xurmo xarid qiladi. Ikkinchi o‘rinda esa Germaniya va uchinchi o‘rinda Qozog‘iston – bu yerda bunchalik ko‘p xurmo yeyishmaydi, ularning aksariyati qayta sotish uchun sotib olinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан