Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov vafot etdi
12.10.2020 09:41,  
152

11 oktyabr kuni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qildi.
  
Sa’dulla Hakimov 1951 yil 25 martda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug‘ildi.

Mehnat faoliyatini G‘allaorol tumanida o‘qituvchilikdan boshlagan S.Hakimov turli yillarda «O‘zbekistonda sotsial ta’minot» jurnalida, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», «O‘zbekiston ovozi» va «Ma’rifat» gazetalarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligida mehnat qilgan. Jurnalist sifatida dolzarb mavzudagi maqolalari gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam chop etib turilgan.

2016 yilning 29 dekabridan buyon O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Sa’dulla Hakimov O‘zbekiston Jurnalistlari kasb etikasi kodeksini ishlab chiqish hamda qabul qilishda bosh-qosh bo‘ldi. Uyushmaga rahbarlik qilgan so‘nggi to‘rt yilda mamlakatimizda soha yangi bosqichga ko‘tarildi, so‘z va matbuot ancha erkinlashdi. O‘zbekiston xalqaro so‘z erkinligi bo‘yicha reytinglardagi pozitsiyasini mustahkamladi.

Yaqindagina O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zolariga a’zolik guvohnomasi bilan taqdim etiladigan yangi namunadagi ko‘krak nishoni tasdiqlangan edi. S. Hakimov shu kabi ko‘plab loyihalarga rahbarlik qildi. 

Sa’dulla Hakim taniqli shoir sifatida ham o‘zbek adabiyotiga munosib hissa qo‘shdi. «Hamal tonglari» (1981), «Sen kutgan bahor» (1986), «Yoz oqshomi» (1996), «Ona so‘z» (2000), «Saylanma» (2001), «Ko‘ngil yuzi» (2006), «Ko‘hna naql» (2011) kabi she’riy kitoblari nashr qilingan. Gyote, Pushkin, Lermontov, Yesenin, Yunus Emro kabi shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qigan.
 
«Saylanma» kitobi uchun 2002 yil «Eng ulug‘, eng aziz» Respublika tanlovi g‘olibi bo‘lgan. Vaqtli matbuotda ma’naviy hayotimizga oid ko‘plab maqola va ocherklari e’lon qilingan. «Esimda qolgan kunlar», «Atom qa’riga sayohat» kabi publitsistik asarlari chop etilgan.

Sa’dulla Hakimov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni (2002 yil), «Mehnat shuhrati» ordeni (2019 yil) bilan mukofotlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан