Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston kubogi finalida VAR ishlashi kutilmoqda
17.12.2020 23:00,  
195

Joriy mavsumdagi kubogning final bahsida birinchi marotaba VAR dan foydalanish reja qilinmoqda. Bu haqida esa futbol mutaxassisi Alisher Nikinbayev xabar bermoqda.

 O‘zbekiston kubogining final bahsi Namangandagi "Navbahor" stadionida o‘tkaziladi. Final bahsida esa "Paxtakor"  va Olmaliqning AGMK jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv 20-dekabr soat 15:00 da etib belgilangan.

 Ma’lumot uchun, VAR (Video Assistant Referee) texnologiyasi ilk marta 2016-yilda Shimoliy Amerika chempionati MLS’da sinov tariqasida qo‘llangan. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida test qilib ko‘rilgan. 2017-yilda tizimdan Konfederatsiyalar kubogida ham foydalanildi; dastlab Avstraliya, so‘ng Germaniya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya va Turkiya chempionatlariga tatbiq etildi. Shu tariqa, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan VAR 2018-yil 3-martida futbol qoidalariga kiritildi va Rossiyada o‘tgan Jahon chempionatiga to‘la joriy etildi.
Tizim to‘rtta vaziyatda – gol, penalti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga tortadigan holatni tekshirish, shuningdek, sariq yoki qizil kartochka anglashilmovchilik bois boshqa futbolchiga ko‘rsatilganida – hakamlarga to‘g‘ri qaror chiqarishda yordam beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан