Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O'zbekiston kubogining finalichilari nomi ma'lum
17.12.2020 09:46,  
247

O‘zbekiston kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvida Olmaliqning AGMK jamoasi o‘z maydonida bu safar Qarshining «Nasaf» klubini qabul qildi. 

Uchrashuv dastlabki bo‘limida mezbonlar o‘z ustunliklarini namoyish etishdi. Bir nechta tashkillashtirilgan xavfli vaziyatlardan so‘ng ajdarlarning sobiq futbolchisi Bahrom Abdurahimov gol urib hisobni mezbonlar tomoniga o‘zgartiradi. 

AGMK / Nasaf 1:0

O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng qarshiliklar o‘yin suratini biroz o‘zlari tomonga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo birinchi bo‘limda jamoalar tomonidan boshqa hisob ochilmadi. Shu  tariqa AGMK tanaffusga minimal hisobda chiqib ketdi. 

AGMK / Nasaf 1:0

Ikkinchi bo‘limda Ro‘ziqul Berdiyevdan yetarlicha ko‘rsatmalarni olib chiqqan qarshiliklar to‘pni nazorat qilish borasida yetakchilik qilishdi.Ikkinchi bo‘lim to‘liq «Nasaf» jamoasining ustunligida davom etdi, ammo mezbonlar darvozasini ishg‘ol etish ajdarlarga nasib etmadi. Shu tariqa Qarshining «Nasaf» jamoasi O‘zbekiston kubogi bahslarida o‘z yurishini yarim finalda to‘xtatmoqda. AGMK klubi esa ketma-ketma uchinchi marta  O‘zbekiston kubogi finaliga chiqmoqda.

AGMK / Nasaf 1:0

Gol: Bahrom Abdurahimov


Eslatib o‘tamiz birinchi yarim final uchrashuvida «Paxtakor» jamoasi «Qo‘qon-1912» klubini mehmonda 1:3 hisobida taslim etdi. 

O‘zbekiston kubogining final bahsi esa 20-dekabr sanasida Namangan shahrida o‘tkaziladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан