Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston maktablarida ham qishki ta’til muddati uzaytirildi
9.01.2022 10:20,  
809

O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan milliy o‘quv dasturlar asosida malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligi keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida qishki ta’til kunlari 2022-yil 24 yanvarga qadar uzaytirilgan.

Ta’til kunlari davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, xalq ta’limining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан