Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston mehnat va migratsiyaga doir yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi
13.08.2020 18:46,  
476

«Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha Maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga (Minsk, 2016 yil 28 oktyabr) qo‘shildi.

Shu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha Maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim 1992 yil 13 noyabrda Moskva shahrida tuzilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан