Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston milliy atlasi yaratildi
16.11.2021 19:38,  
319

O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga asosan birinchi marotaba O‘zbekiston milliy atlasi yaratildi, deb xabar beradi Kadastr agentligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston milliy atlasi 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-ma’lumotnoma asari hisoblanadi.

Atlasda respublikaning «Tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari», «Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari», «Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi», «Aholisi», «Ijtimoiy» va «Iqtisodiyot sohalari» hamda «Tarixi» aks ettirilgan.

Milliy atlas, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va «Kartografiya» davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy ta’lim va boshqa ilmiy maqomga ega bo‘lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан