Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston milliy jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida mag‘lubiyatga uchradi
5.09.2021 20:07,  
220

O‘zbekiston milliy jamoasi Srechko Katanets boshqaruvidagi ilk o‘yinda mehmonda Shvetsiyaga qarshi bahs yuritdi va kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. 

 

6-daqiqada Abdulla Abdullayev o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 34-daqiqada Isak Telin markaziy himoyachilarning e’tiborsizligidan foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi. 71-daqiqada esa Eldor Shomurodov Farruh Sayfiyevning chiroyli uzatmasidan so‘ng birga-bir vaziyatga chiqib, o‘z uslubida to‘p kiritdi.

O‘rtoqlik o‘yini
Shvetsiya — O‘zbekiston 2:1

5 sentyabr. Shvetsiya. «Friends Arena»
Gollar: Abdulla Abdullayev (6, avtogol),  Isak Telin (34) — Eldor Shomurodov (71).
Shvetsiya: Kristoffer Nordfeldt, Mattias Yohansson (Daniel Sundgren, 62), Markus Danielson (Viktor Klasson, 81), Yoakim Nilsson, Martin Olsson, Ken Sema, Mattias Svanberg (Karl Starfelt, 62), Yens Kayuste
Yesper Karlsson, Isaak Telin, Robin Kuayson (Jordan Larsson, 59).
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 76), Farrux Sayfiyev, Abdulla Abdullayev, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov (Aziz Omonov, 89), Otabek Shukurov, Oybek Bozorov (Abror Ismoilov, 49), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 89), Farrux Ikromov (Sanjar Qodirqulov, 49), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 76).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан