Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yana faoliyatini boshladi
7.09.2020 10:53,  
31

AOKA tasarrufidagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bugun, 7 sentyabr soat 10:00dan e’tiboran  yana faoliyatini davom ettirmoqda.

Milliy kutubxonada karantin hamda sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bosqichma-bosqich kitobxonlarga xizmat ko‘rsatiladi.

“Ilm” dissertatsiyalar  zali – magistr, ilmiy tadqiqotchilar, fan nomzodlari, doktor, professor va akademiklarga - bir vaqtning o‘zida 15 ta kitobxon uchun;

“Nodir” noyob manbalar zali – ilmiy tadqiqotchilarga - bir vaqtning o‘zida 10 ta kitobxon uchun;

“Jahon”  xorijiy adabiyotlar zali – xorijiy tillarni o‘rganuvchi barchaga  - bir vaqtning o‘zida 25 ta kitobxon uchun xizmat ko‘rsatadi.

Kutubxonaga kelish istagida bo‘lgan kitobxonlar 71 232-83-94  raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘quv zali va kelish vaqtini oldindan qayd ettirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar bilan https://t.me/natlibuz telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан