Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Moliya vazirining o‘rinbosari koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda
29.07.2020 13:47,  
794

Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari 55 yoshida moliya vazirining o‘rinbosari Tursunov Yorqin Ergashevich olamdan o‘tdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Yorqin Ergashevich Moliya vazirligi tizimida ishlagan, u yerda har doim o‘zining mehnatsevarligi, xar bir ishga yuqori mas’uliyat va puxtalik bilan yondashishi, har kimni tushunish qobiliyati bilan ajralib turgan.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, avvalroq Yo.Tursunovda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.

«Ziyrak rahbar, oliyjanob hamkasb, namunali oila boshligi, sodiq do‘st va ulkan qalbli shaxs. »Vatanga halollik va sadoqat bilan xizmat qilish" shiori bilan yashagan o‘z ishining ustasi va mamlakat vatanparvari, shijoatli hamda fidoiy inson bo‘lib xotirlanadi, va doimo qalblarimizda ajoyib inson bo‘lib qoladi.

Ushbu og‘ir yo‘qotish munosabati bilan, Yo.Tursunovning oila a’zolariga ta’ziya bildirib, sabr tilab qolamiz" - deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан