Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantin sharoitida hayitni nishonlash bo‘yicha tavsiyalar berdi
22.05.2020 03:35,  
659

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha fatvosi va Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida qayd etilganidek, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda juma namozi o‘rniga uyda peshin namozini, besh vaqt namoz va Ramazon oyidagi tarovih namozini uyda o‘qish haqidagi tavsiyalar ayni Ramazon hayiti namoziga ham tegishlidir.

Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bo‘lib o‘qishning iloji bo‘lmaydi.

Shariat insonga zarar yetish ehtimoli kuchaygan paytda ibodatlarni yengil tarzda bajarishga ruxsat beradi yoki butunlay zimmadan soqit qiladi. Iyd namozi vojib amal bo‘lgani bois bugungiday uzrli holatlarda hayit namozi ado etish soqit bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi karantin sharoitida Ramazon hayitini nishonlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni taqdim etadi:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fatvosi asosida masjidlarda karantin davrida vaqtincha jamoat namozlari to‘xtatilganini inobatga olgan holda Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini o‘qish ham mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit bo‘ladi. Yurtdoshlarimizga hayit kuni quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgandan keyin o‘z xonadonlarida to‘rt rakatli nafl namozi o‘qishlari tavsiya etiladi.

2. Ulamolar va imom-xatiblar tomonidan bugungi vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazon hayiti har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayzu baraka kirishi, bir-birimizga bo‘lgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda bo‘lishiga sabab ekani to‘g‘risida, ommaviy axborot vositalari, tele, radiokanallar, bosma va elektron nashrlarda keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

3. Hayit arafasida va bayram kunlari yoshi ulug‘ keksalarimiz va bemorlar holidan xabar olish hamda hayit bilan tabriklash va boshqa milliy urf-odatlarimiz bilan bog‘liq an’analarimizni karantin talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish tavsiya etiladi.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkeng shahri va viloyatlarning markazlarida “Ramazon hayiti – xayru saxovat ayyomi”, “Ramazon hayiti – xursandchilik mavsumi”, “Iydul fitr – katta shodiyona” mazmunidagi yozuvlar peshlavhalari joylashtiriladi.

5. 2020 yil 24 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon hayiti tabrigi yurtimiz ahliga yetkaziladi. Ushbu tabrikdan so‘ng eng tabarruk ulamolar tomonidan Ramazon hayiti fazilatlari to‘g‘risida televideniya orqali intervyular tizimli ravishda davom ettiriladi.

6. Ramazon hayiti arafasida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, homiylarni jalb etgan holda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati keng qamrovli amalga oshiriladi.

7. Ramazon hayiti arafasida barcha telekanallar orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan ko‘rsatuvlar Media-rejasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-xatiblari hamda xalqimiz orasida obro‘li diniy ulamolarimiz tomonidan tashkil qilinadi va keng yoritiladi.

8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-xatiblari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali, “Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!” mavzusidagi ma’ruzalarni Ramazon hayiti kuni onlayn tarzda berib borish tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан