Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirus tufayli onlayn ish tartibiga o‘tadi
24.03.2020 16:16,  
226

Avval xabar qilganimizdek, 2020 yil 23 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan xavfsizlik va inson sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimizdagi vaziyat tufayli Musulmonlar idorasi ham karantin e’lon qiladi. Idoraning ish tartibi onlayn rejimga o‘tadi, aholining murojaatlarini onlayn shaklda qabul qiladi va belgilangan tartibda javob qaytaradi.

Ma’lum qilinishicha, karantin vaqtida asosiy ishga ta’sir etmagan holda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqariladi, ayrimlari masofadan turib ishlash tartibiga o‘tadi. Qabulxona, bo‘limlar va xonalarda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Karantin jarayonida Diniy idora ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi va so‘rovlarni elektron yoki telefon orqali qabul qiladi.

Fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining [email protected] elektron manziliga murojaatlarini yo‘llashlari mumkin. Shuningdek, so‘rovlar quyidagi 78-150-64-40 telefon raqami orqali ham qabul qilinadi.

Shuningdek, mo‘min-musulmonlar diniy savollariga javoblarni fatvo.uz sayti, @SavollarMuslimUzBot telegram boti va 78-150-33-44 call-markaz orqali ham olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан