Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisiga maslahatchi tayinlandi
4.05.2021 08:47,  
440

Toshkent shahri «Hazrati Ali» jome masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Sharipov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Salohiddin Sharipov 1961 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1979-1983 yillarda Mir Arab madrasasida ta’lim olib, madrasa talabalari orasidan saralanib, Toshkent islom oliy ma’hadiga o‘qishga kiradi. So‘ng Mir Arab madrasasida, 1989 yildan esa Toshkent islom institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

1990 yilda Salohiddin domla ilk diniy ta’lim olgan Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida direktor lavozimiga tayinladi. 1993 yildan yana Toshkent islom institutida prorektor lavozimida faoliyat olib bordi.

1996 yilda Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Hazrati Ali» jome masjidiga imom-xatib etib tayinlandi. Shu bilan birga Oliy Ma’hadda tafsir fanidan dars berdi.

Hozirga kunda ham Salohiddin domla «Hazrati Ali» jome masjidida imomlik vazifasini bajarmoqda.

Olim o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida o‘nga yaqin elektron disklar va kitoblar nashr qildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан