Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston MXXga kuzatuv dasturlarini sotgani aytilgan Isroil shirkati xakerlikda ayblanmoqda
30.10.2019 18:21,  
1066

WhatsApp messenjeri Isroilning NSO Group firmasini hukumat josuslariga to‘rt qit’ada tahminan 1400 foydalanuvchining telefoniga diplomatlar va boshqa martabali hukumat rasmiylarini nishonga olib, xakerlik hujumlari uyushtirishda yordam berganlikda ayblab sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

Reutersning yozishicha, 29 oktyabr, seshanba kuni San-Fransisko federal sudiga murojaat qilgan WhatsApp Isroil shirkatini 20 mamlakat, jumladan Meksika, BAA va Bahraynda xakerlik hujumlari amalga oshirganlikda ayblamoqda.

WhatsApp o‘z bayonotida 100 kishilik guruh a’zolari nishonga olinganini aytadi. Biroq, NSO bu ayblovlarni rad etmoqda.

"NSOning yagona maqsadi litsenziyalangan hukumat razvedkasi va huquqni muhofaza qilish organlariga terrorizm va og‘ir jinoyatchilikka qarshi kurashishda yordam beradigan texnologiyalar bilan ta’minlashdir", deydi Isroil kompaniyasi.

WhatsApp bu hujum bir qator foydalanuvchilarning mobil qurilmalariga zararli dasturlarni yuborish uchun video qo‘ng‘iroqlar tizimidan foydalanganini aytdi. Ushbu zararli dastur NSO mijozlariga - hukumatlar va razvedka tashkilotlariga telefon egasiga bildirmay josuslik qilishlariga imkon beradi.

NSOning josuslik dasturi bir necha bor jurnalistlar, advokatlar, huquq himoyachilari, siyosiy dissidentlar va raqiblarni kuzatish uchun o‘rnatilgan.

New York Times gazetasining o‘tgan yilgi xabarida aytilishicha, BAA NSOdan Qatar amiri hamda Saudiya Arabistoni shahzodasiga tegishli telefonlarga xakerlik hujumi amalga oshirishni so‘ragan.

O‘zbek xavfsizlik idoralariga qarashli deb gumon qilingan “Sahro mushugi” xakerlik guruhi ham NSO hamda Isroilning yana bir shirkati Candirudan jurnalist va dissidentlarni kuzata oladigan dasturlar sotib olgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан