Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston NATOni xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb ko‘rmoqda
26.10.2021 19:24,  
61

O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov 25 oktyabr kuni Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yangi tayinlangan o‘rinbosari, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha maxsus vakil Xaver Kolomin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston alyansni zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb bilishi va tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan masalalarning butun ko‘lami bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish tarafdori ekani ta’kidlandi.

Qo‘shma sa’y-harakatlar samarasida O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi muloqot har ikki tomon manfaatlari yo‘lida rivojlanishda davom etishi qayd etildi. Harbiy qurilish sohasidagi tub islohotlar jarayonida O‘zbekiston Qurolli kuchlarini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.

«Bu jarayonda harbiy xizmatchilarning kasb mahorati va malakasini oshirish, ularni intellektual va psixologik tayyorlash masalalari muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri xorijiy sheriklar bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

Uchrashuvda alyansning «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» dasturi doirasida O‘zbekistonning NATO bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari ham muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан