Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining deyarli barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaviy risklar kuzatilyapti»
10.07.2020 11:41,  
353

Respublika oliy ta’lim Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan onlayn yig‘ilishida Bosh prokuratura huzuridagi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti bo‘lim boshlig‘i Jahongir Ibragimov oliy ta’lim sohasida sodir etilayotgan iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiya holatlar yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Tashvishlanarlisi, oliy ta’lim muassasalarida pora so‘rash, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish o‘quv-ta’lim jarayonlarining deyarli har bir bo‘g‘inida qayd etilmoqda.

Korrupsiyaviy xavf asosan qo‘yidagi sohalarda kuzatilmoqda:

- ijodiy imtihoni bor fakultetlarga o‘qishga kiritib qo‘yish;

- o‘qishni bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga ko‘chirish, fakultet yoki yo‘nalishni o‘zgartirish;

- kitob yoki ilmiy maqolalarni nashr etishda rahbar o‘zini muallif qatoriga qo‘shishi;

- talabani yotoqxonalarga joylashtirish (100 ming so‘mdan 200 dollargacha);

- kurs ishlari, bakalavr bitiruv malakaviy ishini qabul qilishda;

- dars soatlarini taqsimlash, ishga qabul qilish, lavozimni o‘zgartirish, ta’lim muassasasida ishlamaydigan shaxslarga, ya’ni «o‘lik jon»larga ish haqi hisoblash;

- soxta diplomlar mavjudligi, diplomlarni nostrifikatsiya qilishda poraxo‘rlik va korrupsiyaning boshqa shakllari mavjud;

- qurilish uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish, kanselyariya mollari uchun ajratilgan mablag‘larni tanish korxonalarga pul ko‘chirish yo‘li bilan (narxlari oshirilgan holda) sotib olish va o‘rtadagi farqni haq sifatida olish;

- oliy ta’lim muassasalari hududidagi nashriyot, savdo do‘kon, oshxonalar faoliyati yuzasidan ijara pullarini shartnomalarda kam rasmiylashtirib, qolgan summani naqd holatda o‘zlashtirish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан