Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi ilk marotaba $31 mlrd.dan oshdi
21.05.2020 12:35,  
288

1 may holatiga ko‘ra, xalqaro oltin-valyuta zaxiralarining umumiy hajmi 31,2 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi. 

Xorijiy valyutaning umumiy hajmi biroz pasayib, 12,3 milliard dollarni, oltin esa 18,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Ular asosan oltin narxlarining o‘sishi hisobiga o‘sdi.

Ushbu zaxiralar to‘satdan iqtisodiy inqiroz yuzaga kelganda mamlakat foydalanadigan "xavfsizlik yostig‘i" sanaladi.

Amaldagi zaxiralar deyarli 16 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘ladi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlar uchun tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan yuqoriroqdir. XVJ bu zaxiraning 13 oyga yetarli bo‘lishini tavsiya qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан