Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston OTBdan 1 milliard dollar so‘radi. Hozircha 200 ming dollar grant ajratiladi
1.04.2020 18:26,  
601

Joriy yil 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov videokonferensiya formatida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Prezidenti M.Asakava bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasida koronavirus tarqalishidan aholini himoyalash va global pandemiyaning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta’sirini yumshatish va OTBning O‘zbekistonga ko‘rsata oladigan yordami mexanizmlari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida M.Asakava ushbu o‘ta og‘ir paytda O‘zbekistonni COVID-19 ga qarshi kurashishga mablag‘ jalb qilish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta’minlash orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda OTB O‘zbekistonning virus tarqalishi bilan bog‘liq tibbiy ehtiyojlari uchun 200 ming AQSh dollariga teng miqdorida grant ajratilishini ma’qulladi. Shuningdek Bank tomonidan, Respublika sog‘liqni saqlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda Bank rahbariyati tomonidan va pandemiyada sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini rag‘batlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratish masalasini ko‘rib chiqiladi.

OTBning O‘zbekistonga 1 milliard AQSh dollarigacha byudjet mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish masalasi alohida muhokama qilindi. M. Asakava ushbu masalani hal qilish uchun Bankda alohida guruh tuzganligi va ushbu masalani ma’qullash va moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish jarayonlarini tezlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан