Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Ozarbayjon va Armanistonni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi
28.09.2020 09:35,  
346

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi qurolli nizo bo‘yicha munosabat bildirdi.

Armanistonda harbiy holat joriy qilindi va safarbarlik e’lon qilindi

Vazirlik O‘zbekiston Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashganidan tashvishdaligini ma’lum qilgan.

"Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi munosabatlaridagi keskinlikning oshishi O‘zbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.

O‘zaro qarama-qarshilik chog‘ida harbiy kuchning ishlatilishi ikki tomondan ham ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida raislik qilayotgan davlat sifatida MDH hududida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qat’iy mos ravishda tinch yo‘l bilan hal qilinishining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini harbiy harakatlarni tezda to‘xtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yo‘l bilan bartaraf etish maqsadida diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqiramiz" - deyiladi TIV bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан