Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston pandemiya bilan yaxshi kurashayotgan davlatlar reytingiga kiritilmadi
27.04.2021 20:36,  
309

Singapur pandemiya davridagi dunyoning eng xavfsiz mamlakati deb topildi. Bu haqda “The New Zealand Herald” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bunday natijaga aholining yuqori tezlikda koronavirusga qarshi emlanayotgani va mamlakat ichidagi kasallikka qarshi samarali kurash orqali erishilgan.

Ma’lumot uchun, Singapur koronavirusga qarshi o‘z milliy kompaniyalari ishlab chiqargan vaksinalar yordamida ushbu ro‘yxatda Yangi Zelandiyani ortda qoldirdi. Bugungi kunda Singapur aholisining deyarli 20 foizi COVID-19ga qarshi emlangan. 

Eslatib o‘tamiz, “Bloomberg” 2020 yilda aynan Yangi Zelandiyani dunyoning eng xavfsiz mamlakati deb e’lon qilgandi. 

Reytingni tuzish davomida mamlakatlardagi koronavirus bilan kasallangan aholi soni, o‘lim darajasi, COVID-19 ga qarshi emlash jarayonlari inobatga olingan. Singapur reytingda 79,7 ball olgan bo‘lsa, Yangi Zelandiya 79,6 ball bilan baholangan. Shuningdek, kuchli to‘rtlikda Avstraliya (76,2) va Isroil (74,9) davlatlari mavjud. 53 davlatdan tashkil topgan reytingda Argentina, Polsha va Braziliya so‘nggi o‘rinlarni egallagan. O‘zbekiston esa bu ro‘yxatga kiritilmadi.

Bugungi kunga kelib butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 148 million kishini tashkil qilmokda. 85,6 mln nafar inson kasallikni yenggan bo‘lsa, 3,12 mln bemor vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан