Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekiston pochtasi» 34 ta davlatga pochta jo‘natmalari qabul qilishni boshladi
21.03.2020 16:11,  
727

Ma’lumki, 2020 yil 16 martdan boshlab koronavirusning O‘zbekistonda tarqalishi munosabati bilan barcha mamlakatlarga havo, temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish to‘xtatildi.

Shu sababli, «O‘zbekiston pochtasi» AJ tegishli choralarni ko‘rgan holda, xalqaro pochta jo‘natmalarini yuborish va yetkazib berish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda, deyiladi «O‘zbekiston pochtasi» xabarida.

Qayd etilishicha, global xavfsizlik choralarining kuchayishi tufayli havo va temir yo‘llari transportlari doimiy ravishda turli mamlakatlarga parvozlar rejasi o‘zgartirilmoqda yoki kamaytirilmoqda. Ko‘plab yo‘nalishlarga havo transporti qatnovi butunlay to‘xtatilgan. 

Havo transportining to‘xtatilishini inobatga olgan holda, «O‘zbekiston pochtasi» AJ yer usti transporti orqali yuboriladigan pochta jo‘natmalarini quyidagi davlatlarga qabul qilishi aytiladi: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Germaniya, Daniya, Italiya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Lyuksemburg, Latviya, Malta, Gollandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya, Fransiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya, Ukraina, Xitoy, Litva, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Rossiya.

Transport aloqalari tiklanishiga qarab ushbu davlatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritib borilishi bildirilgan. 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ichki jo‘natmalar doimiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан