Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zbekiston pochtasi”ning “Yangi imkoniyatlar kuchi” nomli rebrending taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi
14.12.2021 20:17,  
75

“O‘zbekiston pochtasi” AJ kompaniyasi ham yangilanish jarayonini boshlab, rebrendingning birinchi bosqichiga start berdi. Brendning yangi nomi — Uzpost, yangi logotip, yang ranglar palitrasi va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi tizimi O‘zbekiston pochta tizimiga yangi imkoniyatlar bag‘ishlaydi. Brendning yangi shiori — “Yangi imkoniyatlar kuchi”dir — deya yozmoqda ’Human.uz’ nashri.

2021 yilning oxiriga qadar to‘liq ishga tushiriladigan eng muhim o‘zgarishlardan biri pochta logistikasining yangi tizimi bo‘ldi. Yangi tizim jarayonlarni optimizatsiya qilishga, pochta jo‘natmalarini rasmiylashtirish bosqichlarini qisqartirishga yordam beradi. Endilikda “O‘zbekiston pochtasi” mijozlari o‘z uylaridan chiqmasdan turib o‘z jo‘natmalarini veb sayt, mobil ilova yoki Telegram bot orqali rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. ID kod olgan mijoz o‘ziga yaqin pochta bo‘limiga keladi va uni ko‘rsatadi. Operator mijoz tomonidan oldinroq kiritilgan ma’lumotlarni pochta tizimida ko‘radi va jo‘natmani rasmiylashtirishni darhol boshlaydi.

Bundan tashqari, yangi tizim ko‘p sonli jo‘natmalarni rasmiylashtirishni ham yengillashtiradi, bundan ayniqsa yuridik shaxslar ko‘proq foydalanishlari mumkin. Katta miqdordagi pochta jo‘natmalarni yubormoqchi bo‘lgan mijozlar kerakli ma’lumotlarni bitta EXCEL faylga kiritib, uni pochta tizimiga yuklashlari mumkin bo‘ladi.

Mijozlar  o‘zlarining jo‘natmalarini onlayn tarzda kuzatib borishlari mumkin.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ avtoparki va infratuzilmasi ham yangilanishi kerak edi. Kompaniya 27 ta Damas, 75 ta kichik Caddy, 4 ta katta ISUZU va 2 ta yuk ortuvchi Gazel avtotransportlarini hamda 417 ta elektroskuter va 200 ta velosipedlarni xarid qildi. 15% pochta bo‘linmalari texnikalari yangilanib,  yangi formatdagi pilot bo‘linmalari, avtomatlashtirilgan majmualar - pochtomatlar orqali mijozlar o‘z jo‘natmalarini o‘zlari olishlari mumkin bo‘ladi. Bugunga kelib respublika bo‘ylab 30 ta pochtomat o‘rnatilgan.

Keyingi yil boshida “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan Toshkent, Buxoro, Xorazm va Asaka shaharlarida 4 ta fulfilment markazlari ishga tushiriladi. 2025 yilgacha mamlakat bo‘ylab avtomatlashtirilgan fulfilment markazlari soni 30tagacha yetkazilishi reja qilingan.

Rebrending jarayoni doirasida kompaniya shuningdek o‘zining savdo platformasi/marketpleysi ham ishga tushirildi va  “Unisavdo”  deb nom olgan ushbu marketpleysning Android va IOStizimlari uchun mobil ilovalarida 300dan ortiq tadbirkorlar “Unisavdo” da o‘z mahsulotlarini joylashtirish uchun shartnomalar imzolashdi. Bugungi kunga kelib platformada 14 000 dan ortiq mahsulotlar joylashtirilgan va ular respublika bo‘ylab yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston pochtasi” AJ to‘lovlarni qabul qilishning pul o‘tkazmalarini amalga oshirishning yangi tizimi - “Avval”ni ishga tushirdi. “Avval” tizimi yagona markazlashgan dastur bo‘lib, mijozlar 100 dan ortiq xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu tizim tufayli pochta operatorlarida joylarda mobil qurilmalari orqali to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati ham

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан