Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston prezidenti saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi
29.10.2021 14:06,  
362

Bugun, 29 oktyabr kuni MSKda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga kiritilgan 20 mln 158 ming 907 nafar saylovchidan 16 mln 212 ming 343 nafari ovoz bergan.

Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar tomonidan har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni quyidagicha:

— O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Mirziyoyev Shavkat Miromonovichga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi;

— Xalq demokratik partiyasidan nomzod Vorisova Maqsuda Azizovnaga – 1 million 75 ming 16 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 6,63 foizi;

— "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan nomzod Qodirov Alisher Keldiyevichga – 888 ming 515 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 5,48 foizi;

— "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Abduhalimov Bahrom Abdurahimovichga – 549 ming 766 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 3,39 foizi;

— O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Oblomuradov Narzullo Naimovichga – 670 ming  641 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 4,14 foizi ovoz bergan.

Shuningdek, haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarining soni – 39 ming 443 tani yoki 0,24 foizni tashkil qildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан