O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlar soni bo‘yicha dunyo reytingida 62-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlar soni bo‘yicha dunyo reytingida 62-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida 62-o‘rinni egalladi. Bu haqda World Prison Brief bazasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Dunyoning 223 ta mamlakatidagi mahkumlar soniga oid e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirda 22 867 kishi qamoqda.

Reytingda yetakchilikni AQSh — 2 068 800 mahkum bilan (har bir 100 ming kishiga 629 nafar mahkum to‘g‘ri keladi) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, eng oxirgi pog‘onani hududida bitta ham mahkum bo‘lmagan San-Marino egallagan.

MDH davlatlari orasida Rossiya 5-o‘rin (471 mingdan ortiq mahkum), Turkmaniston 49-o‘rin (35 ming), Belarus (32 mingdan ortiq) Qozog‘iston 52-o‘rin (29 mingdan ortiq), Qirg‘iziston 96-o‘rin (10 mingdan ortiq)ni egallagan.