Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
26.08.2020 21:28,  
203

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 26 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovni qabul qildi.

Uchrashuvda davlat chegaralarini delimitatsiya qilish, o‘tkazish punktlari samarali faoliyatini ta’minlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki davlat Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda chegaraoldi hududlar rahbarlari (hokimlari) Kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu kunlarda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан