Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘yini jonli efirda ko‘rsatiladigan bo‘ldi
6.11.2019 09:48,  
312

Sport telekanali 9 noyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini jonli efirda ko‘rsatilishini rasman ma’lum qildi.

Kecha terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov muhim bahslar oldidan raqiblarimiz o‘yin uslubimizni o‘rganmasligi hamda o‘rtoqlik uchrashuvini muxlislar bilan “liq to‘la” maydonda o‘tkazishni istayotgani tufayli uchrashuv telekanal orqali ko‘rsatilmasligi ma’lum qilingan edi.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida futbolga oid matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda futbolimiz rahbariyati va Vadim Abramov ishtirok etdi.

Unda jurnalistlar Qirg‘izistonga qarshi bahs translyasiya qilinmasligining sababini so‘rashganida, murabbiy bunga hech qanday qarshiligi yo‘qligini aytdi va "Sport TV" namoyish etishiga qarshi emasligini bildirdi. Shundan so‘ng telekanalning rasmiy telegram sahifasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvi jonli efirda olib berilishi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан