Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘yinini faqat stadionda ko‘rishingiz mumkin
4.11.2019 15:34,  
331

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida JCh-2022 saralash bosqichida Saudiya Arabistoni va Falastin jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.

Ushbu o‘yinlarga tayyorgarlik olib borayotgan Vadim Abramov jamoasi 9 noyabr kuni Qirg‘iziston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

“Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘yin TV orqali translyasiya qilinmaydi”, deya insayd bilan o‘rtoqlashdi Tribuna.uz manbasi.

“Bu Vadim Abramovning istagi. U Saudiya Arabistoni vakillari jamoamizni o‘rganib olishini istamayapti. O‘rtoqlik o‘yinida uning o‘z o‘ylanmalari bordirki, shunday qarorga kelgan. Marhamat, stadionga boringlar, muxlislar”, deya xabar bermoqda o‘z manbamiz.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – Qirg‘iziston termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 9 noyabr, shanba kuni o‘tkaziladi. Bahs “Paxtakor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан