Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Qirg‘izistonga shaxsiy himoya vositalari va tezkor-testlarni taqdim etdi
30.03.2020 10:49,  
313

O‘zbekiston shaxsiy himoya vositalari va tezkor-testlarni Qirg‘izistonga topshirdi. Ushbu yordam O‘zbekiston Bosh vazir Abdulla Aripov tashabbusi bilan taqdim etildi. Bu haqda Qirg‘izistoning Turmush nashri xabar berdi.

Hukumatning O‘sh viloyatidagi vakilining so‘zlariga ko‘ra, 29 mart kuni ertalab soat 04:00 da O‘sh shahriga "Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish punkti orqali yordam ko‘rsatilgan.

Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev 10 ming niqob va 900 ta himoya kostyumini, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov 4800 ta tezkor test va reaktivlarni topshirdi.

Nazorat-o‘tkazish punktida ularni hukumat elchisi U.Jilkibayev kutib oldi.

Ushbu vositalar koronavirusni tezkor ravishda tekshirish uchun observatsiyaga yuboriladi. Himoya uskunalari esa tibbiy xodimlarga beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан