Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi
22.09.2020 11:10,  
101

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni o‘simliklar karantini sohasidagi islohotlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot bilan tanishib, navbatdagi vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, kelgusi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan. Buning uchun sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro sertifikatsiya tizimini tatbiq etish kerak. Shu bois davlat rahbari bu bo‘yicha yirik ilmiy markaz tashkil etish taklifini ilgari surdi. Fan bilan amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, eksportchi korxonalar mutaxassislariga xalqaro fitosanitar talablarni tushuntirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida ham xalqaro fitosanitariya talablari o‘qitiladi.

Foto: president.uz

Bugun sohada xususiy sektor ishtirokida o‘simliklar 205 ta klinikasi, 690 ta biolaboratoriya mavjud. Sifat va raqobatni ta’minlash maqsadida bunday xususiy klinika va biolaboratoriyalarni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi.

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga 1 dekabrga qadar o‘z ma’lumotlar bazasini bojxona organlarining «Yagona darcha» elektron tizimiga to‘liq integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан