Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Qorabog‘da maktab quradi
13.04.2021 22:13,  
475

Qorabog‘da maktab qurish to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lib, u ozarbayjon xalqiga O‘zbekistondan tuhfa sifatida topshiriladi. Bu haqda AOKA direktori Asadjon Xodjayev Turkiy kengash delegatsiyasi Ozarbayjonning Agdam shahriga tashrif chog‘ida ma’lum qildi.

Xodjayev Qorabog‘ mojarosi Ozarbayjon yerlariga katta baxtsizlik va vayronagarchiliklar keltirdi, hozir Ozarbayjon o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga o‘tmoqda, ozod qilingan hududlarda infratuzilmani qurish va tiklash bilan bog‘liq ko‘plab ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

"Bu yerda bitta masjiddan tashqari deyarli hamma narsa vayron qilindi va jahon hamjamiyati bunga e’tibor qaratishi kerak", - dedi u.

Agentlik direktorining so‘zlariga ko‘ra, Turkiy kengash davlatlari ozod qilingan hududlarda tiklash va qurilish ishlarida faol ishtirok etishadi, O‘zbekiston bu yerlarning infratuzilmasini rivojlantirishda o‘z yordamini taklif qildi.

Ayni paytda biz tiklash jarayonida ishtirok etadigan ob’yektlar ro‘yxatini mutaxassislar belgilab olmoqdamiz, mening bilishimcha, bitta maktabni qurish to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lib, u ozarbayjon xalqiga O‘zbekistondan tuhfa sifatida taqdim etiladi. Bunday ob’yektlar ro‘yxati aniqlanib, kelishib olinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан