Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston qo‘shni respublikalardan elektr energiya importini oshirmoqda
28.07.2020 09:51,  
136

O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotidagi kamchilikni to‘ldirish uchun Turkmanistondan elektr energiyasi importini oshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

27 iyul, seshanba kuni soat 01:35 vaqti bilan Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmi oshirildi. Hozircha quvvati 500 kVt bo‘lgan Qorako‘l –Serdar havo tarmoqlari orqali O‘zbekistonga 80 MVt elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Kun davomida yetkazib beriladigan quvvat hajmi 200 MVtgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

«O‘tgan haftaning shanba va yakshanba kunlari energetika tizimida iste’molni cheklash holatlari kuzatilmadi. Turkmanistondan elektr energiyasi importining boshlanishi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan asosiy elektr energiyasiga qo‘shimcha ravishda yangi haftaning ish kunlarida ham (odatda dam olish kunlariga nisbatan iste’mol darajasi keskin oshishi kuzatiladi) iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi», deyiladi O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xabarida.

Shuningdek, 27 iyul kuni Tojikistonning "Barki Tojik" energiya shirkati rahbari Mirzo Ismoilzoda joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 358,3 KVt energiya yetkazib berilganini ma’lum qildi. Buning uchun O‘zbekiston qo‘shni respublikaga $7,2 million pul to‘lagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан