Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda ip yigirishga mo‘ljallangan qo‘shma korxonani ishga tushirdi
5.12.2019 15:55,  
194

Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin o‘zbek-qozoq qo‘shma korxonasi – “Alliance” savdo-sanoat kompaniyasi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Hukumat rahbari Turkiston viloyatiga ish safari bilan borgan. U “Qozog‘iston sarmoya fondi” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekistonning “Alliance Textile” yengil sanoat korxonasi hamkorligida ishga tushirilgan ip yigirish fabrikasini borib ko‘rgan.

Maminning qayd etishicha, yangi yengil sanoat korxonalarining barpo etilishi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan qo‘yilgan “oddiy narsalar iqtisodiyotini rivojlantirish” siyosatiga muvofiq keladi.

2019 yil 22 iyunda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 28-hukumatlararo hamkorlik majlisi bo‘lib o‘tgan, unda tomonlar Chimkentda to‘qimachilik klasterini ishga tushirishga kelishib olgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан